Texnologiya — vosita. Maqsad — biznesingiz o'sishi.
Nodea — veb-sayt, Telegram bot, CRM va AI avtomatizatsiya yo'nalishlarida ishlaydigan raqamli yechimlar studiyasi. Biz Toshkentdamiz va butun O'zbekiston bo'ylab bizneslar bilan ishlaymiz.
Tajribamiz chiroyli taqdimotlarda emas, ishlayotgan tizimlarda: klinikalar tarmog'ini boshqarayotgan ERP, minglab qo'ng'iroqni tahlil qilayotgan AI, kuniga yuzlab buyurtma qabul qilayotgan botlar.
Ishlash tarzimiz oddiy: tez boshlaymiz, ochiq gaplashamiz, ortiqcha narsa sotmaymiz. Bizga kichik loyiha bilan kelib, yillik hamkorga aylangan mijozlar — eng katta faxrimiz.
Ish tamoyillarimiz
Muddat — va'da, orzu emas
Aytilgan muddat — hujjatdagi muddat. Kechikish xavfi bo'lsa, oldindan ochiq aytamiz.
Texnologiya emas, natija
Mijozga "qanday texnologiya" emas, "qancha foyda" muhim. Yechimni shu mezondan tanlaymiz.
Launch — boshlanish
Loyiha topshirilgach ham yonimizdamiz: kuzatamiz, yaxshilaymiz, o'stiramiz.
Jamoa
Khojiakbar Chinozbekov
Asoschi va asosiy dasturchi
Fullstack dasturchi: NestJS, Next.js, React Native. Tibbiy klinikalar uchun ERP, AI qo'ng'iroq tahlili tizimlari va o'nlab biznes loyihalar ortida turgan muhandis. Har loyihada kod sifati va natija uchun shaxsan javob beradi.
Portfolio: khojiakbar.uzTanishishdan boshlaymizmi?
30 daqiqalik bepul suhbat — loyihangizga qanday yondashishni aniq aytib beramiz.
Loyihangizni boshlaymiz
Qisqa forma — bir ish kuni ichida siz bilan bog'lanamiz.